locale OZ

Uesli So: “Shaxmatda faqat bitta jahon chempioni bo‘lishi kerak. Hozir esa bu — Gukesh.”

“Ular tezroq vaqt nazoratlarini, onlayn turnirlarni xohlashadi. Har yili hammasi noldan boshlanadigan musobaqa bo‘lishini istashadi — xuddi NBA dagidek”
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uesli So: “Shaxmatda faqat bitta jahon chempioni bo‘lishi kerak. Hozir esa bu — Gukesh.”
photo: Chess Uzbekistan

FIDE faoliyatini tanqid qilar ekan, Uesli So tashkilot tomonidan joriy etilgan yangi unvonlar (rapid, blitz, freestyle va Total Chess) shaxmatdagi eng nufuzli unvon — klassik jahon chempionligi mavqeini pasaytirib yuborganini aytdi.

“Qiziq holat: sizda ‘Total Chess bo‘yicha jahon chempioni’ degan unvon bor, lekin hammamiz bilamiz — Gukesh rasmiy jahon chempioni. Shaxmatda faqat bitta jahon chempioni bo‘lishi kerak va hozir bu Gukesh, chunki u bunga halol mehnati bilan erishdi. Freestyle, rapid, blitz yoki Total Chess bo‘yicha chempionliklar — bularning barchasi ikkinchi darajali”, — dedi So The Indian Express nashriga bergan intervyusida.

“FIDE juda siyosiy tashkilot. Ular shaxmatni biznes sifatida boshqaradi, shuning uchun o‘zlariga moliyaviy va siyosiy jihatdan foydali bo‘lgan ishlarni qilishadi, qolganlari esa ikkinchi o‘rinda turadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

So, shuningdek, klassik jahon chempionati tizimidan norozi bo‘lganlar ham borligini ta’kidladi.

“Masalan, AQShda ko‘plab odamlar hozirgi Gukesh egallab turgan jahon chempioni unvonini eskirgan deb hisoblashadi. Ularning fikricha, shaxmat olami klassik jahon chempionatisiz ham yashay oladi”, — dedi u.

“Ular tezroq vaqt nazoratlarini, onlayn turnirlarni xohlashadi. Har yili hammasi noldan boshlanadigan musobaqa bo‘lishini istashadi — xuddi NBA dagidek.”

“Men eski maktab tarafdoriman. Fisher, Karpov, Kasparov kabi rasmiy jahon chempionlarini kuzatib ulg‘ayganman, ular haqida o‘qiganman. Hali ham 14 partiyalik klassik match o‘ynab, barcha bosqichlardan o‘tib chempion bo‘lish g‘oyasi menga yoqadi. Chempion esa o‘z unvonini himoya qilish uchun mos raqib kelgungacha mavqesida qolishi kerak”, — dedi So.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting