locale OZ

Uesli So — ketma-ket ikkinchi yil Sinquefield Cup chempioni

Turnirda 9 partiyada 5 ochko to‘plagan Javohir Sindarov germaniyalik Vinsent Keymer bilan 3-o‘rinni bo‘lishib oldi va 42 500 dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uesli So — ketma-ket ikkinchi yil Sinquefield Cup chempioni
photo: Chess Uzbekistan

AQSh vakili Uesli So taybrekda hindistonlik R. Pragnanandhani mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi yil va faoliyatida uchinchi bor Sinquefield Cup bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Rapid formatidagi 2 ta durangdan so‘ng chempionlik taqdiri Armageddon partiyasida hal bo‘ldi. Unda qora donalarda o'ynagan Uesli So kerakli durangga erishib, bosh sovrin hamda 87 500 dollar mukofot puliga ega chiqdi.

Turnirda 9 partiyada 5 ochko to‘plagan Javohir Sindarov germaniyalik Vinsent Keymer bilan 3-o‘rinni bo‘lishib oldi va 42 500 dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

Yakuniy natijalar:
Uesli So (AQSh) — 1-o‘rin ($87 500)
R. Pragnanandha (Hindiston) — 2-o‘rin ($77 500)
Javohir Sindarov (O‘zbekiston) — 3-o‘rin ($42 500)
Vinsent Keymer (Germaniya) — 3-o‘rin ($42 500)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting