locale OZ

Uchko‘prik tumanida sport maktabi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi sport maktabi kapital ta’mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi. Mazkur loyiha Tashabbusli byudjetning 2-mavsumi doirasida aholining ovozi bilan g‘olib chiqqan bo‘lib, unga 1 milliard 360 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Ta’mirlangan sport maktabining ochilish marosimida tuman hokimi Qudrat Erkaboev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jahongir Maripov, keng jamoatchilik vakillari, sportchilar va murabbiylar ishtirok etishdi.

Marosimda tuman hokimi maktab jamoasiga ramziy kalitni topshirdi. Shuningdek, qatnashchilar sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbirda Qudrat Erkaboevning sport sohasiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlanib, unga O‘zbekiston sport vazirligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting