locale OZ

Uch nafar dzyudochimiz “Russian Judo Tour”da sovrindor bo‘ldi

Krasnoyarskdagi nufuzli musobaqada Ernazar Sarsenbayev chempionlikni qo‘lga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida an’anaviy “Russian Judo Tour” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ivan Yarygin nomidagi sport saroyida tashkil etilgan nufuzli bellashuvlarda mezbonlar bilan birga o‘ndan ortiq davlat sportchilari turli vazn toifalarida kuch sinashdi.

O‘zbekiston sharafini 5 nafar dzyudochimiz himoya qildi. Ulardan uch nafari shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. -100 kg vazn toifasida qatnashgan Ernazar Sarsenbayev finalda rossiyalik Asan Augaliyevni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Sevinch Isoqova (-63 kg) kumush medal sohibi bo‘lsa, Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) bronza medali bilan musobaqani yakunladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting