U19 Osiyo chempionati: O‘zbekiston qizlari uchinchi g‘alabani qayd etdi
Terma jamoamiz Xitoy Taypeyni dramatik o‘yinda mag‘lub etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Toshkentdagi “Alpomish” muz saroyida gandbol bo‘yicha U19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichining 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyiga qarshi uchrashuvda keskin kurash olib bordi va 29:27 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natija hamyurtimiz qizlariga guruhda ketma-ket uchinchi g‘alabasini taqdim etdi.
Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi asosiy raqibi — Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv bugun soat 18:00da start oladi.
3-tur natijalari:
• Qirg‘iz Respublikasi – Qozog‘iston 22:58
• Hindiston – Gonkong 39:25
• Eron – Koreya Respublikasi 19:39
• Xitoy Taypeyi – O‘zbekiston 27:29
Bakradze Iman
Redaktor