locale OZ

U-20 jahon chempionati uchun O‘zbekiston tarkiblari e’lon qilindi

Samokovdagi jahon chempionatida milliy terma jamoasi har uch yo‘nalishda ham ishtirok etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: UWW

17–24 avgust kunlari Bolgariyaning Samokov shahri sport kurashlari bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

UWW matbuot xizmati musobaqada qatnashadigan terma jamoalar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston nomidan qatnashadigan sportchilar quyidagicha:

Erkin kurash:
• 61 kg — Abdulloh Habibullaev
• 65 kg — Sanjarbek Rustambekov
• 74 kg — Umarxon Mo‘ydinov
• 92 kg — Sherzod Poyonov

Yunon-rum kurashi:
• 55 kg — Jonpo‘lat To‘lqinboev
• 60 kg — Xurshidbek Normuhammadov
• 63 kg — Aytjan Xalmaxanov
• 67 kg — Fayozbek Eshmirzayev
• 72 kg — Ahmad Qodirov
• 77 kg — Amirshoh Vahobov
• 82 kg — Azimjon Soatullaev
• 97 kg — Amirxon Berdikulov

Ayollar kurashi:
• 50 kg — Nilufar Nurmuhammadova
• 57 kg — Sandugash Jenbayeva
• 62 kg — Nigina Sobirova
• 65 kg — Muhayyo Narzilloyeva
• 76 kg — Sevinchoy Polvonova

O‘zbekiston terma jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting