locale OZ

U-17 jahon chempionati: erkin kurashchilarimiz so‘nggi kunda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

Mirjalol Mukammalov bronza, Ulug‘bek Rashidov esa kumush medal sohibi bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Gretsiyaning Afina shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. So‘nggi kungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikki medalga ega chiqishdi.

45 kg vazn toifasida Mirjalol Mukammalov bronza medali uchun kechgan bahsda qirg‘izistonlik Arnur Nursaidovni mag‘lub etdi. 51 kg vaznda esa Ulug‘bek Rashidov hal qiluvchi finalda amerikalik Samuel Reyes Sanchesga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.

Shu tariqa, erkin kurashchilarimiz U-17 jahon chempionatini 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting