locale OZ

Tuyabo‘g‘izda para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi

Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal hamda maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tuyabo‘g‘izda para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi
Фото: ParalympicUz

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omborida para akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida joriy yilgi mamlakat kubogi o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi bilan hamkorlikda, olimpiya yo‘nalishi bilan bir qatorda o‘tkazilgan ushbu musobaqada turli viloyatlardan jami 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. Bellashuvlarda umumjamoa hisobida Sirdaryo viloyati atletlari eng yuqori natijani qayd etishdi. Toshkent shahri vakillari ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportchilari musobaqada medallar jamg‘arishda uchinchi bo‘lishdi.

Yakunda musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal hamda maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting