locale OZ

Tursunoy Jabborova Osiyo chempionati sovrindori boʻldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tursunoy Jabborova Osiyo chempionati sovrindori boʻldi
FОТО: Olympic.uz

Xitoyning Jiangshan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga ketib bormoqda.

Biroz avval ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida bahslar oʻtkazildi. E’tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Afuski, Jabborovaga siltab koʻtarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pogʻonadan joy oldi.

Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting