locale OZ

Turon yo‘lbarslari harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Musobaqada 19 ta jamoa 7 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Turon yo‘lbarslari harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi
photo: kamondan otish

Samarqand viloyatidagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tizimiga kiruvchi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning “Vatan tayanchi” otryadi o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada 19 ta jamoa 7 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar:

1-o‘rin — Urgut tumani ixtisoslashtirilgan maktabining “Turon arslonlari” jamoasi

2-o‘rin — Pastdarg‘om tumani 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Ko‘k bo‘ri” jamoasi

3-o‘rin — Pastdarg‘om tumani ixtisoslashtirilgan maktabining “Pastdarg‘om yo‘lbarslari” jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bellashuvda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting