Turkiya Olimpiya qo’mitasiga yangi prezident saylandi. U sobiq voleybolchi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Google
Turkiyaning Istambul shahrida o’tkazilgan assambleya yig’ilishida Turkiya Olimpiya qo’mitasiga yangi rahbar tayinlandi. Turkiya volebolining yorqin vakili Axmet Gulem Olimpiya qo’mitasining yangi prezidenti sifatida ish boshlaydi.
Axmet Gulem 158 ta xalqaro musobaqada Turkiya voleybol terma jamoasi safida mamlakati sharafini himoya qilgan. 22 yillik professional faoliyati davomida Turkiyaning eng kuchli jamoalari “Galatasaray” va “Arçelik” klublarida jamoa sardori bo’lgan.
2001 yili sportchilik faoliyatini yakunlagan Gulem Turkiyada sport marketingiga ixtisoslashgan “Sportsnet” kommunikatsiya agentligiga asos slogan. Shuningdek u uzoq yillar Turkiya voleybol federatsiyasi prezidenti vazifasini bajargan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor