Turkiya. Kamonchilarimiz turnir oldidan mashg'ulot o'tkazdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Аvval habar berganimizdek, ertaga Turkiyaning Аntaliya shahrida kamondan otish boʼyicha Yevropa Gran-pri musobaqasiga start beriladi. Bunda 24 tadavlatning 145 nafar kuchli sportchilari ishtirok etadi.
Mazkur turnirda ishtirok etish uchun Oʼzbekiston kamondan otish federatsiyasi milliy terma jamoasi aʼzolari ham Аntaliya shahriga yetib borishgan.

Bugun murabbiylar rahbarligi ostida sportchilarimiz bilan ertangi musobaqadan oldingi tayyorgarlik mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Ertaga boʼlib oʼtadigan musobaqalar boʼyicha saytimiz orqali ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Bo'lajak bahslarda kamonchilarimizga omad va muvafaqqiyatlar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor