Turkiy davlatlarning yoshlar va sport yo‘nalishidagi vazirlari Toshkentda jam bo‘lishdi
Bugun Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport yo‘nalishlariga mas’ul vazirlarining IX yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasining ushbu yo‘nalishdagi vazirlari, Vengriyaning O‘zbekistondagi konsuli, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari ishtirok etishdi.
Rasmiylar o‘z nutqlarida sohadagi rivojlanish yo‘lida mazkur yig‘ilishning ahamiyati, yirik musobaqalarga tayyorgarlik oldidan terma jamoalar ishtirokida qo‘shma yig‘inlar tashkil qilish muhimligini ta’kidlashdi.