locale OZ

Turki al ash-Sheykh Murodjon jangidan umidsizmi?

Saudiya amaldori Inoue – Pikasso jangi borasida muzokaralar olib borayotganini aytdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turki al ash-Sheykh Murodjon jangidan umidsizmi?
Rasm: Olamsport.uz

Ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni sanalgan yaponiyalik Naoya Inoue 27 dekabr kuni ringga chiqishi mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistoni Ko'ngilochar ishlari bo'yicha boshqarma raisi Turki al ash-Sheykh ma'lum qildi.

— 27 dekabr kuni Inouening jangi rejalashtirilgan. Ayni paytda u bilan Alen Pikasso o'rtasidagi to'qnashuvni markaziy jang sifatida rasmiy e'lon qilish arafasidamiz. Kecha Yaponiya va Meksika bokschilari o'rtasidagi yirik janglardan tashkil topadi, — dedi Turki.

Qizig'i shundaki, Inoue 14 sentyabr kuni o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievga qarshi jang o'tkazishi kerak. Shuningdek, u avvalroq Turki al ash-Sheykhga tegishli Riyadh Season brendi bilan shartnoma imzolagandi.

Ushbu bayonot Turkining Murodjon bilan jangga ishonchsizlik bildirayotganiga oid taxminlarga sabab bo'lmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting