Toshkentdagi xalqaro yig’inda ilk sparring bellashuvlari o’tkazildi
Qo’shma yig‘in doirasida mashg‘ulotlar 20-aprelga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi
Bugun poytaxtimizda joylashgan “Universal” sport saroyida taekvondo WT bo’yicha bir necha kun ilgari start olgan sakkizta terma jamoa ishtirokidagi xorijiy o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida sinov sparringlari tashkil etildi.
Unda barcha terma jamoalar, jumladan, O’zbekiston, Qozog’iston, Xitoy, Tunis, Gruziya, Saudiya Arabistoni, Belarus va Iordaniya jamoalari a’zolari ishtirok etdi. Sparringlar davomida barcha jamoalar murabbiylari sportchilarning imkoniyatlarini sinovdan o’tkazib oldi.
Ma’lumot uchun, qo’shma yig‘in doirasida mashg‘ulotlar 20-aprelga qadar davom etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist