Toshkentdagi U19 jahon chempionati: O‘zbekistonda tarixiy musobaqa
Toshkentda voleybol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yaqinlashmoqda. 24 iyuldan 3 avgustgacha poytaxtimiz 19 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasidagi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.
O‘zbekistonda ushbu sport turi bo‘yicha ilk bor o‘tkaziladigan chempionatda dunyoning 24 yetakchi jamoasi ishtirok etadi. Uchrashuvlar “Yunusobod” sport majmuasi hamda Jismoniy tarbiya va sport universiteti zallarida bo‘lib o‘tadi.
«A» guruhida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi pley-off bosqichiga chiqish uchun Belgiya, Argentina, Puerto-Riko, Turkiya va Pokistonga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston jamoasining guruh bosqichi taqvimi:
1-tur: O‘zbekiston – Turkiya (24 iyul)
2-tur: O‘zbekiston – Pokiston (25 iyul)
3-tur: O‘zbekiston – Puerto-Riko (26 iyul)
4-tur: O‘zbekiston – Argentina (28 iyul)
5-tur: O‘zbekiston – Belgiya (29 iyul)
Eslatma: Barcha uchrashuvlar «Yunusobod» sport majmuasida soat 17:00 da boshlanadi.