locale OZ

Toshkentdagi JCh-2024: tayyorgarlik bosqichi muhokama qilindi

U19 yigitlar o‘rtasidagi voleybol bo‘yicha jahon chempionati arafasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

24 iyuldan 3 avgustgacha Toshkentda voleybol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida musobaqaga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, mamlakat voleybol federatsiyasi rahbarlari va volontyorlar xizmati vakillari ishtirok etdi. Unda tayyorgarlik ishlari, tashkiliy masalalar hamda turnirni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Yig‘ilishda ilgari o‘tkazilgan xalqaro musobaqalar tajribasi asosida turnir ishtirokchilari va mehmonlar uchun qulay muhit yaratish, xizmat ko‘rsatish sifati hamda infratuzilmani xalqaro talablarga moslashtirish zarurligi qayd etildi. Volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va har bir vazifani nazoratda ushlab borish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting