locale OZ

Toshkentda yosh sablyachilar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi

Mazkur musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish, xalqaro tajriba almashish hamda milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda yosh sablyachilar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Toshkent shahrida 13 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati doirasida sablya yo‘nalishida yakkalik bahslar o’tkazildi.

Musobaqada mintaqaning iqtidorli yosh qilichbozlari ishtirok etib, texnik mahorat, tezkorlik va sport intizomini namoyon etdilar. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra quyidagi sportchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi.

O‘g‘il bolalar (32 nafar):
1. Maksetov Dierbek
2. Usmanov Aslanbek
3. Niyozov MuhammadRizo
3. Kaipanov Rasul

Qizlar (36 nafar):
1. Abdujabarova Soliha
2. Mavlenbergenova Perizat
3. Mirzaeva Lola
3. Djiengalieva Zamanoy

Mazkur musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish, xalqaro tajriba almashish hamda milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

G‘olib va sovrindor sportchilarni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ularga yanada yuqori yutuqlar tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting