locale OZ

Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish boʻyicha xalqaro turnirlar boshlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish boʻyicha xalqaro turnirlar boshlandi
FОТО: Olympic.uz

Bugun Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish boʻyicha xalqaro musobaqalarga start berildi.

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida oʻtayotgan UNG Meeting Continental turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan bronza darajasidagi turnir boʻlib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga moʻljallangan.

Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish boʻyicha “Suv parisi” Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda.

6 mamlakat sportchilari mazkur turnirda U12, U15 va kattalar yosh toifalarida medallar uchun bahs olib boradilar. Turnir 17-mayga qadar davom etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting