Toshkentda “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining mintaqaviy bosqichlari davom etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Shayxontohur tumani sport maktabida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida kurash turi bo‘yicha mintaqaviy bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa va Yunusobod tumanlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar g‘alaba uchun jonbozlik bilan kurash olib borishdi.
Bellashuv yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali tarzda taqdirlanib, musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Bakradze Iman
Redaktor