Toshkentda Xalqaro voleybol kunining 130 yilligi ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi
Voleybolning 130 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda bayramona tadbir tashkil etildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
7 iyul — butun dunyoda Xalqaro voleybol kuni sifatida nishonlanadi. Joriy yil ushbu sana voleybolning 130 yilligiga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan mamlakatimizda ham u maxsus bayram sifatida ulug‘landi.
Poytaxtimizdagi JAR sport majmuasida ushbu muhim sana munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Voleybol federatsiyasi rahbariyati, sohaning faol vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Yuzlab voleybol ixlosmandlarini birlashtirgan ushbu tadbir doirasida ommaviy yugurish musobaqasi ham tashkil etildi. Bayram jarayoni sport muhitini yanada jonlantirdi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi.
Bakradze Iman
Redaktor