Toshkentda xalqaro toifadagi turnirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Joriy yilning 27-mart – 3-aprel kunlari Toshkent shahrida xalqaro sport ustasi hamda xalqaro grossmeyster unvonlari uchun normativlarni bajarishga qaratilgan “Tashkent GM Round Robin” va “Tashkent IM Round Robin” turnirlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqalarda 8 ta davlatdan jami 20 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Turnirlar davra tizimida, 9 turdan iborat shaklda tashkil etildi va yuqori saviyada, murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.
Ushbu turnirlarda hamyurtlarimiz yuqori natijalarni qayd etdi. Jumladan, Botiraliyev Abdumajid “Tashkent IM Round Robin” musobaqasida 1-o‘rinni egallab, +147 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, yana bir vakilimiz Matyakubov Miraziz xalqaro sport ustasi (IM) normativini muvaffaqiyatli bajardi.