Toshkentda xalqaro Olimpiya kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi


Yurtimizda har yili katta tantana bilan nishonlanadigan Xalqaro Olimpiya kuni bu yil ham oʻzgacha shukuhda qarshi olindi. Tadbirga terma jamoalarimizga asosiy zaxira sportchilarni yetishtirib beradigan poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mezbonlik qildi.
Bayramda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari, “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” kompaniyasi rahbariyati, oʻzbek sportining yulduzlari, federatsiya va assotsiatsiyalar masʼullari, yosh atletlar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tantanali ochilish marosimida soʻz olgan rasmiylar Xalqaro Olimpiya kunining tarixiy ahamiyati, uning jahon sport sohasida tutgan oʻrni va mamlakatimizda Olimpiya harakatini rivojlantirish yoʻlida Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar haqida gapirib oʻtishdi. Olimpiya gʻoyalari — tinchlik, doʻstlik va birdamlikni targʻib etuvchi kuch sifatida alohida taʼkidlandi.
Bu yilgi tantana “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” bilan hamkorlikda nishonlandi. Kompaniya mamlakatimizda Olimpiya harakatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida poytaxtimizdagi qator sport maktablariga Birlashgan kurash dunyosi (UWW) standartlariga toʻla javob beradigan zamonaviy gilamlarni sovgʻa qildi.
Yosh sportchilar mehmonlar uchun futbol, badminton, kamondan otish, stol tennisi, dzyudo, oʻzbek jang san’ati, kurash, taekvondo, qilichbozlik, 3x3 basketbol sport turlari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar namoyish etishdi. Tashrif buyuruvchilar oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan sport turlarida imkoniyatlarini sinab koʻrishdi va ular bilan yaqindan tanishishdi.
Olimpiya kuni tantanalari bayram konserti bilan yakunlandi. Musiqiy chiqishlar tadbirga yanada koʻtarinki ruh bagʻishlab, mehmonlar xotirasida yorqin taassurot qoldirdi.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19