locale OZ

Toshkentda xalqaro konferensiya: Kuraş rivojidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda xalqaro konferensiya: Kuraş rivojidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda
Toshkentda xalqaro konferensiya: Kuraş rivojidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda

7 may kuni Toshkentda “Kuraş rivojidagi dolzarb muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Ushbu tadbir milliy sport turimiz — kuraşning jahon arenasidagi nufuzini mustahkamlashga bag‘ishlangan.

Konferensiyada Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston kuraş federatsiyasi rahbarlari, shuningdek, Xalqaro kuraş instituti va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining olimlari hamda mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida kuraşni Olimpiya sport turlari dasturiga kiritish, uning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish va xalqaro maydondagi mavqeini oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilinmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting