Toshkentda velosport bo'yicha xalqaro o'quv kurslari o'tkazilmoqda
Avvalroq xabar berganimizdek, Toshkentda velosport bo'yicha xalqaro “MTB ELITE NATIONAL COMMISSAIRE COURSE 2025” o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda. Unda Osiyoning 10 ga yaqin davlatidan vakillar qatnashyapti. O'quv kursida Yangi Zellandiyadan tashrif buyurgan MTB UCI komissari, shu bilan birga, mazkur yo'nalishda 20 yillik tajribaga ega Jeremi Kristmas ishtirokchilarga kerakli bilim va ko'nikmalarni yetkazib boryapti.
Bugungi tadbirda shuningdek, O'zbekiston velosport federatsiyasi rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Qayd etish kerak, kurslar yakuniga yetgach, imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilarga sertifikat hamda UCI Elite xalqaro komissari unvoni beriladi.
Ma'lumot uchun, mazkur o'quv kurslarida 6 nafar o'zbekistonlik murabbiylar o'z bilim va ko'nikmalarini mustahkamlab boryapti. Xalqaro o'quv kurslari 27-noyabrga qadar davom etadi.