locale OZ

Toshkentda taekvondo WT boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi an'anaviy turniri boshlandi

Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida taekvondo WT boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqa start oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda taekvondo WT boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi an'anaviy turniri boshlandi
photo: taekvando Uzbekistan

Toshkentda taekvondo WT boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi an'anaviy turniri boshlandi

Bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida taekvondo WT boʻyicha Koreya Respublikasi elchisi kubogi uchun musobaqa start oldi.

Shu bilan bir qatorda, "Butunjahon taekvondo kuni"ga bag‘ishlab o'tkazilayotgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Sport vaziri o'rinbosari Shahrullo Mahmudov, Koreya Respublikasi elchisi janob Von do Yon boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, asssotsiatsiyamiz Bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev ishtirok etdi.

Tadbir davomida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi muxtor elchisi Von do Yon yosh taekvondochilarga musobaqada omad yor bo‘lishini tilab, o‘z esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Koreya Respublikasi elchisi kubogi an'anaviy musobaqasida Respublikamizning turli hududlaridan kelgan 350 nafar sportchi yoshlar gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda. Dasturga koʻra, bugun pumse (koʻrgazmali chiqish) yoʻnalishi oʻtkazilmoqda. Ertaga esa kyorugi (jang) boʻyicha bellashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada yigitlar va qizlar 10 tadan vazn toifasida dayanga koʻtarilishadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting