Toshkentda suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda
Superfinalda Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlaridan jami sakkizta jamoa ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Toshkent shahrida suv polosi bo‘yicha U-15 O‘zbekiston chempionati superfinal bellashuvlari boshlandi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar musobaqaning yakuniy bosqichida ham g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Superfinalda Toshkent shahri va respublikamizning boshqa hududlaridan jami sakkizta (4 ta erkaklar va 4 ta ayollar) jamoalar ishtirok etmoqda.
Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar
Toshkent shahri
Namangan viloyati
Sirdaryo viloyati
Farg‘ona viloyati
Ayollar turniri
Namangan viloyati
Toshkent shahri
Xorazm viloyati
Farg‘ona viloyati
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist