locale OZ

Toshkentda sportning sanda yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari start oldi

Musobaqaning taolu yo‘nalishidagi bahslari 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda sportning sanda yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari start oldi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish markazida ushu sport turining sanda yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi

Musobaqaning dastlabki kunida 7–12, 13-14, 15-17, 18+ yoshli sportchilar o‘rtasida sanda yo‘nalishidagi bahslar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, an’anaga muvofiq, bellashuvlar oldidan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Ushu federatsiyasi raisi Ravshan G‘aniyev so‘zga chiqib, joriy yilda federatsiya tomonidan erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi.

Tantanali marosimda faxrli mehmonlar sifatida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Sport vazirligi vakillari ishtirok etdilar.

Musobaqaning taolu yo‘nalishidagi bahslari 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda respublikamizning barcha viloyatlaridan eng iqtidorli sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting