Toshkentda “Silk Road to Tokyo” xalqaro turniri boshlandi
15 davlatdan 250 dan ortiq sportchi ishtirok etayotgan musobaqa jahon chempionati uchun reyting ochkolarini taqdim etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha nufuzli “Silk Road to Tokyo” xalqaro turniri boshlandi. Ushbu musobaqa Butunjahon yengil atletika federatsiyasining bronza darajasiga ega bo‘lib, unda 15 davlatdan 250 ga yaqin sportchi qatnashmoqda.
Turnir 17 avgust kuni yakunlanadi va kelasi oy Tokioda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun reyting ochkolarini taqdim etadi. Atletlar jami 22 yo‘nalish bo‘yicha bahs olib borishadi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari esa asosiy tarkibda medallar uchun kurashishadi.
Bakradze Iman
Redaktor