Toshkentda “Raqamli kommunikatsiyalar va ijtimoiy tarmoqlar” V mintaqaviy seminari boshlandi
Bugun, 3 iyun kuni poytaxtimizda “Raqamli kommunikatsiyalar va ijtimoiy tarmoqlar” V mintaqaviy seminari o‘z ishini boshladi. Tadbir Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi, Osiyo Olimpiya kengashi, Aichi-Nagoya–2026 yozgi Osiyo o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi hamda 15 ta mamlakatning Milliy Olimpiya qo‘mitalari media sohasi vakillari hamkorligida tashkil etilgan.
Seminarda Sport vazirligi mas’ul xodimlari, shuningdek, nufuzli xalqaro tashkilotlarning ekspertlari ishtirok etmoqda. Ular ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqlar bilan samarali ishlash, ayniqsa, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan o‘z tajriba va bilimlarini o‘rtoqlashmoqda.
Shuningdek, Milliy Olimpiya qo‘mitalari vakillari bilan yaqinlashib kelayotgan yirik sport musobaqalari oldidan media, marketing va piar sohalaridagi tayyorgarlik ishlari yuzasidan fikr almashish ham rejalashtirilgan.