locale OZ

Toshkentda qilichbozlik (rapira, sablya, shpaga) bo‘yicha hakamlar uchun o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda qilichbozlik (rapira, sablya, shpaga) bo‘yicha hakamlar uchun o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
PHOTO: Telegram

O’zbekiston qilichbozlik Federatsiyasi tomonidan hakamlar va murabbiylar malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar tashkil etildi.
Unda mamlakatimizning turli viloyatlari, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahri vakillari ishtirok etdi.

Seminar dasturidan o‘rin olgan mavzular:
FIE umumiy qoidalari bo‘yicha tushuntirish va muhokamalar
Jang maydoni: chegaralar, jang davomiyligi, tibbiy tanaffuslar
Hakamlarning vazifalari va intizomiy choralar toifalari
Hujumfa ustuvorlik, qoidabuzarlik va jazolar
Video orqali janglar tahlili va ishtirokchilarning fikrlari.

Imtihon bosqichlari:
Nazariy qism,
Og‘zaki qism – o‘tilgan mavzular asosida savollarga javob berish
Amaliy qism – janglarni kuzatuvchilar ishtirokida boshqarish

Ushbu seminar yosh hakamlar uchun katta tajriba, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalar manbai bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting