locale OZ

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda
Фото: Olympic.uz

Toshkentda “Dunyoda qilichbozlikning global rivojlanishi: Muammo, yechim va innovatsiyalar” mavzusidagi V xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ham qatnashdi.

Xalqaro qilichbozlik akademiyasi, Osiyo, Pan Amerika va Afrika qilichbozlik Konfederatsiyalari hamkorligida tashkil etilayotgan konferensiya ushbu sport turining mintaqalardagi rivojini oshirish yuzasidan ahamiyatli hisoblanadi.

So‘z olgan rasmiylar mamlakatimizda qilichbozlik rivoji yangi bosqichga ko‘tarilayotgani, kelasi yil Toshkent mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga katta tayyorgarlik olib borilayotgani haqida to‘xtalishdi.

Konferensiya ikki kun davom etadi. Unda ko‘plab mutaxassislar butun dunyoda qilichbozlik ommaviyligini oshirish yuzasidan turli mavzularda ma’ruza qilishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting