locale OZ

Toshkentda para yengil atletika bo‘yicha xalqaro hakamlarni tayyorlash kursi start oldi

Mazkur kurs mamlakatimizda para sportni yanada rivojlantirish, malakali hakamlar zaxirasini kengaytirish va xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda para yengil atletika bo‘yicha xalqaro hakamlarni tayyorlash kursi start oldi
Photo: Para Olimpiyada

Poytaxtimizdagi "Olimpiya shaharchasi"da bugundan Butunjahon para yengil atletika tashkiloti hamda Osiyo Paralimpiya qo'mitasi mutaxassislari ishtirokida para yengil atletika bo'yicha xalqaro hakamlik kursi boshlandi.

Ushbu o‘quv kursi 3 kun davom etib, unda 60 nafar mutaxassis ishtirok etadi. Dastur doirasida ishtirokchilar para yengil atletika qoidalari, hakamlik mezonlari hamda xalqaro standartlar asosida bilim va ko‘nikmalarini oshirishadi. Seminar davomida mutaxassislarga musobaqani boshqarish, bellashuvlar jarayonida e’tibor qaratiladigan asosiy jihatlar va tamoyillar, shuningdek, amaldagi qoidalar atroflicha tushuntirilmoqda. Ishtirokchilarga musobaqalarni adolatli va shaffof tashkil etish, hakamlik faoliyatida xolislikni ta’minlash hamda xalqaro talablarga muvofiq ish olib borish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

Mazkur kurs mamlakatimizda para sportni yanada rivojlantirish, malakali hakamlar zaxirasini kengaytirish va xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting