Toshkentda O‘zbekiston va Chexiya terma jamoalarining qo‘shma mashg‘uloti o‘tkazilmoqda
Har ikki davlat terma jamoalari ushbu yig‘in orqali oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: judouz
Ma’lumki, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi dunyoning ko‘plab davlatlari federatsiyalari bilan keng qamrovdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Xususan, ana shunday kelishuv Chexiya dzyudo federatsiyasi bilan ham mavjud. Shu kunlarda poytaxtimizda ikki mamlakat terma jamoalari ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etilmoqda. Unda O‘zbekiston va Chexiya kattalar terma jamoalari qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazyapti.
Kuniga ikki mahaldan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda Yevropa va Osiyo dzyudosi uyg‘unligini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Har ikki davlat terma jamoalari ushbu yig‘in orqali oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Ibrohim Jalolov
Redaktor