locale OZ

Toshkentda ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro turnirlar oʻtkazildi

“Zamperoni” laqabli otida Gran-pri sovriniga ega chiqdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro turnirlar oʻtkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkentda ot sportining turli yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli musobaqalar oʻtkazilmoqda. Bugun ot yoʻrttirish boʻyicha CDI3* va CDI1* tasnifidagi xalqaro turnirlar yakunlandi.

Musobaqa umumiy natijalariga koʻra O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqalarda jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdi:
5 ta oltin,
2 ta kumush,
3 ta bronza.

CDI3* tasnifidagi musobaqaning katta sovrini hamyurtimiz Alina Shevsovaga nasib etdi. Sportchimiz “Zamperoni” laqabli otida Gran-pri sovriniga ega chiqdi.

Ahamiyatlisi, Shevsova CDI1* yoʻnalishida ham eng yuqori ball jamgʻarishga erishdi. Ushbu dasturda unga “Nosito De Muze” tulpori hamrohlik qildi. Shuningdek, Feruza Abdullayeva “Lider” oti bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting