locale OZ

Toshkentda «Ko‘rinmas medal» hujjatli filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

«Yulduz cinema» kinoteatrida O‘zbekiston olimpiya futbol terma jamoasiga bag‘ishlangan «Ko‘rinmas medal» nomli hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Gazeta.uz sayti hamkorligida suratga olingan ushbu film tarixda ilk bor yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan milliy jamoamizning sa’y-harakatlari va murabbiy Timur Kapadze boshchiligida bosib o‘tilgan yo‘l haqida hikoya qiladi.

Ta’kidlash joizki, film namoyishida Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda futbol sohasidagi bir qator rasmiylar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbir davomida rasmiylar Prezident tashabbusi bilan sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar tufayli bu yutuqqa erishilganini qayd etishdi. Shuningdek, film ijodkorlariga minnatdorlik izhor etildi va davlat qo‘llab-quvvatlovi bilan o‘zbek futbolida yana ko‘p tarixiy sahifalar yozilishiga ishonch bildirildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting