locale OZ

Toshkentda konkur va ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro musobaqalarga start berildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda konkur va ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro musobaqalarga start berildi
FОТО: Olympic.uz

Bugun Toshkentdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, Jahon kubogi saralash bosqichlari, Osiyo kubogi hamda ot yo‘rttirish boʻyicha CDI-1* FIE Dressage World Challenge turnirlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bayramona ruhda tashkil etilgan ochilish marosimida Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati hamda qator faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar mamlakatimizda ot sportining barcha yo‘nalishlari bosqichma-bosqich rivojlanayotgani, sportchilarimiz xalqaro arenalarda yuqori natijalarga erishayotganini alohida ta’kidladilar.

Ochilish marosimidan so‘ng bugungi bellashuvlarga start berildi. Turnirlar davomida sportchilar nafaqat sovrinli o‘rinlar, balki xalqaro reyting ochkolarini jamgʻarish uchun kurash olib boradilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting