locale OZ

Toshkentda karate WKF boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda karate WKF boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi
FОТО: Olympic.uz

Bugun poytaxtimizda karate WKF boʻyicha XXI Osiyo chempionatiga start berildi. Biroz avval mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Osiyo karate federatsiyasi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat karate assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, mazkur qitʼa birinchiligida parasportchilar ham qitʼa chempionligi uchun bahs olib borishmoqda.

Tadbirda soʻz olgan rasmiylar yurtimizda karate yoshlarning sevimli sport turlaridan biriga aylanib borayotgani, terma jamoa vakillaridan oldinda turgan kompleks musobaqalarda yuqori natijalar kutilayotgani xususida toʻxtalishdi.

Marosimdan soʻng birinchi kun dasturidan oʻrin olgan hal qiluvchi bellashuvlarga start berildi. Murosasiz bellashuvlarda terma jamoamiz aʼzolari yuqori natijalar qayd etishmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting