locale OZ

Toshkentda kamondan otish bo‘yicha murabbiylar seminari boshlandi

Olimpiya hamjihatligi doirasida tashkil etilgan tadbirda 12 hududdan mutaxassislar qatnashmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Kechа, 22 iyun kuni Toshkent shahrida kamondan otish bo‘yicha mahalliy murabbiylar uchun maxsus seminar boshlandi. Tadbir Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Olimpiya hamjihatligi loyihasi doirasida, World Archery (Jahon kamondan otish federatsiyasi), O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Seminarda mamlakatning 12 ta viloyati va Toshkent shahridan jami 27 nafar murabbiy ishtirok etmoqda.

Darslar World Archery’ning sport komissiyasi rahbari, tajribali ekspert Viktoriya Koval (Ukraina) tomonidan olib borilmoqda. Qatnashchilar zamonaviy tayyorgarlik usullari, yirik musobaqalarga atroflicha tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, xalqaro federatsiya qabul qilgan yangi qoidalar va qarorlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.

Seminar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilmoqda va 30 iyungacha davom etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting