locale OZ

Toshkentda gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi

19 yoshli qizlar o‘rtasidagi musobaqa jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘taydi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Bugun, 20 avgust kuni Toshkentda 19 yoshli qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Qit'amizning eng kuchli 8 jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Xitoy Taypeyi, Gonkong va Hindiston bilan bahslashadi. Hamyurtlarimiz dastlabki o‘yinni bugun Hindistonga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv soat 18:30 da “Alpomish” muz saroyida start oladi.

Jamoamizning guruh bosqichi taqvimi:
• 1-tur: O‘zbekiston – Hindiston (20 avgust, 18:30)
• 2-tur: O‘zbekiston – Gonkong (21 avgust, 18:00)
• 3-tur: O‘zbekiston – Xitoy Taypeyi (24 avgust, 18:00)
• 4-tur: O‘zbekiston – Xitoy (25 avgust, 18:00)

Ma’lumot uchun, ushbu chempionat 2026 yilgi U20 jahon chempionatiga saralash hisoblanadi. Yarim finalga chiqadigan to‘rtta jamoa jahon birinchiligi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting