locale OZ

Toshkentda ertadan ot sporti bo'yicha xalqaro turnir boshlanadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages

2025-yil 17–27 aprel kunlari mamlakatimizda ot sportining yirik xalqaro musobaqalari — Jahon kubogining 1–2 bosqichlari, Osiyo kubogi hamda ot yo‘rttirish sport turining CDI 1 * Dressage Challenge musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tarixda ilk bor Jahon kubogi 2-bosqichi doirasida, ushbu musobaqaning aynan o‘rtasida — Prezident kubogi ham o‘tkazilmoqda. Bu esa tadbirga alohida nufuz va e’tibor baxsh etmoqda.

Mazkur nufuzli sport tadbiri xalqaro maydonda o‘zbek ot sportining salohiyatini namoyon etish, sportchilarimizning mahoratini oshirish hamda xalqaro tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ertaga, 18 aprel kuni, musobaqaning ilk bosqichi start oladi. Barcha ishtirokchilarga omad, muvaffaqiyat va yorqin chiqishlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting