locale OZ

Toshkentda CAVA xalqaro voleybol musobaqasi tantanali tarzda ochildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

2025-yil 10–16-iyun kunlari Toshkentdagi “Jar” sport majmuasida U-16 va U-19 yosh toifalari o‘rtasida xalqaro voleybol musobaqasi boshlandi. Ushbu musobaqa ketma-ket uchinchi bor o‘tkazilmoqda va joriy yilgi bahslar yuqori saviyada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ochilish marosimida Sport vaziri A.Ikramov, Voleybol federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari B.Abdullaev, tegishli tashkilotlar rahbarlari, xalqaro delegatsiyalar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Rasmiylar o‘z nutqlarida voleybol so‘nggi yillarda nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqada jadal rivojlanayotganini, xalqaro musobaqalar esa yoshlar uchun muhim tajriba maktabi ekanini ta’kidlashdi.

Ishtirokchi jamoalar bayroqlar ostida tantanali tarzda maydonga kirib kelishdi. Musobaqa yosh sportchilar uchun faqatgina raqobat emas, balki madaniy almashinuv va do‘stlikni mustahkamlash imkoniyatini ham beradi.

Tadbir doirasida bayramona kontsert dasturi ham namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning mashhur san’atkorlari, folklor jamoalari va yosh ijrochilar qatnashib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ishtirokchi davlatlar: 🇮🇷 Eron, 🇮🇳 Hindiston, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇬 Qirg‘iziston va 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoalari.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting