Toshkentda badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi
Musobaqada 7 mamlakatdan tashrif buyurgan 97 nafar sportchi bahs olib bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Bugun poytaxtimizda badminton bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati start oldi. Musobaqada 7 mamlakatdan tashrif buyurgan 97 nafar sportchi bahs olib bormoqda.
Bellashuvlar U-15, U-17 va U-23 yosh toifalarida o‘tkazilmoqda. 22 sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada jamoaviy, yakkalik, juftlik va mikst dasturlarida g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.
Avvalroq tashkilotlar musobaqa bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etishgan va sharoitlar bilan tanishgandi.