locale OZ

Toshkentda Asia auto gymkhana championship 2026 ikkinchi bosqichi yakunlari

Musobaqada sakkiz mamlakatdan 32 nafar sportchi — O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, Malayziya, Avstraliya, Gonkong va Xitoy Taypeyi vakillari ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkentda Asia auto gymkhana championship 2026 ikkinchi bosqichi yakunlari
photo: Autosport Uzbekistan

Toshkentda Asia auto gymkhana championship 2026 ikkinchi bosqichi yakunlari

Toshkentda Asia Auto Gymkhana Championship 2026 musobaqasining ikkinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqada sakkiz mamlakatdan 32 nafar sportchi — O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, Malayziya, Avstraliya, Gonkong va Xitoy Taypeyi vakillari ishtirok etdi.

Barcha poygalar UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bir xil Chevrolet Onix avtomobillarida o‘tkazildi. Bu barcha ishtirokchilar uchun teng texnik sharoit yaratib, natijalar, avvalo, pilotlarning mahorati va aniqligiga bog‘liq bo‘lishini ta’minladi.
Sportchilar ham avtomobillarni ijobiy baholab, ularning yaxshi boshqaruvchanligi, harakatchanligi va ishonchliligini alohida ta’kidladilar. Musobaqa davomida avtomobillar barqaror ishladi va hech qanday texnik muammolar kuzatilmadi.

Saralash va hal qiluvchi pley-off poygalari yakunlariga ko‘ra, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi shaxsiy bahslarda g‘oliblar aniqlandi.

Erkaklar o‘rtasidagi shaxsiy bahs
Yarim finalda O‘zbekiston vakili Otabek Madaliyev Qirg‘iziston vakili Aleksey Vedenev bilan kechgan bahsdan so‘ng finalga yo‘l oldi va yakuniy natijalarga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi.

1-o'rin. Aleksey Vedenev, Qirg‘iziston
2-o'rin. Otabek Madaliyev, O‘zbekiston
3-o'rin. Maksim Votchal, Qozog‘iston

Ayollar o‘rtasidagi shaxsiy bahs
Ayollar o‘rtasidagi yarim finalda O‘zbekistonning ikki nafar vakilasi kuchli to‘rtlikdan joy oldi.

Poygalar yakuniga ko‘ra, ayollar bahsida Saminaxon Ahmadjonova birinchi o‘rinni, Sabina Yusupova esa uchinchi o‘rinni egalladi.

1-o'rin. Saminaxon Ahmadjonova, O‘zbekiston
2-o'rin. Yu Jing Lin, Xitoy Taypeyi
3-o'rin. Sabina Yusupova, O‘zbekiston

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi sportchi qizlari ayollar o‘rtasidagi shaxsiy bahsda birdaniga ikkita sovrinli o‘rinni — birinchi va uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!

Juftlik bahslari
O‘zbekiston vakillari juftlik bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahsi:
1-o'rin. Akylbek Omurakunov va Aleksey Vedenev, Qirg‘iziston
2-o'rin. Sahil Khanna va Vidit Jain, Hindiston
3-o'rin. Olim Ahmadjonov va Dilshod Yusupov, O‘zbekiston

Ayollar o‘rtasidagi juftlik bahsi:
1-o'rin. Alyona Vershinina va Dina Mukhametzyanova, Qirg‘iziston
2-o'rin. Sabina Yusupova va Saminaxon Ahmadjonova, O‘zbekiston
3-o'rin. Yana Pelenichenko va Veronika Matushevskaya, Qozog‘iston

Aralash juftlik bahsi:
1-o'rin. Tiffany Leung va Chui Ka Kam, Gonkong
2-o'rin. Olim Ahmadjonov va Saminaxon Ahmadjonova, O‘zbekiston
3-o'rin. Yu Jing Lin va Liang Chen Chou, Xitoy Taypeyi

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, jamoaviy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi eng ko‘p ball to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ushbu uy bosqichida sakkiz nafar sportchi ishtirok etdi:
1. Dilshod Yusupov
2. Otabek Madaliyev
3. Olim Ahmadjonov
4. Sayidakbar Kamoldinov
5. Saminaxon Ahmadjonova
6. Sabina Yusupova
7. Malikaxon Zaynutdinova
8. Oksana Glova

Sportchilarimizni, murabbiylarni va butun jamoani munosib natija bilan tabriklaymiz! Musobaqa davomida ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlagan tashkilotchilar, hakamlar, marshallar, texnik va tibbiy xizmatlar, ko‘ngillilar, hamkorlar hamda tomoshabinlarga minnatdorlik bildiramiz.

Toshkentdagi Asia Auto Gymkhana Championship 2026 musobaqasining 2-bosqichi yakunlandi!
O‘zbekiston terma jamoasi bilan faxrlanamiz!

Oldinda ishtirokchilarni Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Asia Auto Gymkhana Championship 2026 musobaqasining uchinchi bosqichi kutmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasiga muvaffaqiyatli tayyorgarlik va xalqaro maydonda yangi yorqin natijalar tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting