locale OZ

Toshkentda «Alpomish va Barchinoy» xalqaro kamondan otish turniri g'oliblari aniqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Toshkent shahrida 100 dan ortiq sportchi ishtirok etgan III «Alpomish va Barchinoy» xalqaro kamondan otish turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada sakkizta davlatdan kelgan sportchilar bellashdi.

Kechа, 19 may kuni final bahslari va g'oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, Sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimi chog‘ida rasmiylar sportchilarni muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan tabriklab, bunday musobaqalar ushbu sport turini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi va sportchilarga xalqaro arenalarda yangi zafarlar tilashdi.

O‘zbekiston kamonchilari yuqori mahorat namoyon etib, mukofotli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 1 ta kumush medaldan iborat bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting