locale OZ

Toshkent yana bir yirik sport voqeasiga mezbonlik qildi!

O‘zbekiston jamoasi ham musobaqada munosib ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent yana bir yirik sport voqeasiga mezbonlik qildi!
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Poytaxtimizda o‘tkazilgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi jamoalar bahsi bilan yakunlandi. Dunyoning eng kuchli terma jamoalari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordi.

O‘zbekiston jamoasi ham musobaqada munosib ishtirok etdi. Jamoamiz sharafini himoya qilgan Dayibekova Zaynab, Perdibaeva Gulistan, Shokirova Samira va Utebaeva Nargiza o‘z mahorati va matonatini namoyish etishdi, biroq biroz omad yetishmay, musobaqani kuchli Top-16 jamoalari safida yakunlashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi — FIE bayrog‘i ostida ishtirok etgan Rossiya terma jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal va Jahon kubogini qo‘lga kiritdi
2-o‘rin — Amerika Qo‘shma Shtatlari
3-o‘rin — Yaponiya

Toshkentdagi ushbu nufuzli musobaqa nafaqat sportchilar uchun katta tajriba, balki muxlislar uchun ham unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Oldinda esa yanada yirik g‘alabalar sari yo‘l davom etadi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting