locale OZ

Toshkent viloyatida voleybolni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent viloyatida voleybolni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Toshkent viloyatida Ichki ishlar idoralari vakillari, voleybol trenerlari, viloyat sport boshqarmasi, shuningdek, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Fayziyev Jamshid Shukrulloyevich va viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Boboqulov Rustam Suvonqulovich ishtirokida onlayn yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida viloyatda voleybol sport turini yanada rivojlantirish, qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, har bir tuman umumta’lim maktablarida voleybol to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish, tuman terma jamoalarini shakllantirish hamda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, seleksiya jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting