locale OZ

Toshkent viloyatida Tuxfatullin xotirasiga bag‘ishlangan shosse velosport bo‘yicha respublika turniri boshlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent viloyatida Tuxfatullin xotirasiga bag‘ishlangan shosse velosport bo‘yicha respublika turniri boshlandi
Toshkent viloyatida Tuxfatullin xotirasiga bag‘ishlangan shosse velosport bo‘yicha respublika turniri boshlandi

14 aprel kuni musobaqaning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi, 15 apreldan esa Tuxfatullin xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy respublika turniri start oldi. Musobaqalar shosse velosport yo‘nalishida (o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida) o‘tkazilmoqda va 14 apreldan 17 aprelgacha, ya’ni uch kun davom etadi. Bellashuvlar Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu turnirning maqsadi - Tuxfatullin xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodga uning sportdagi faoliyati va yutuqlarini tanitish, iqtidorli yoshlarni saralab olish va qo‘llab-quvvatlash, sportchilar o‘rtasida do‘stona raqobat va tajriba almashinuvini rivojlantirish, hamda yoshlar o‘rtasida velosportni ommalashtirishdir.

Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Surxondaryo vakillari yaxshi natijalar ko‘rsatishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting