Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida Toshkent kuzi-2025 xalqaro shaxmat turniri start oldi
Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “Toshkent kuzi-2025” xalqaro shaxmat turniri start oldi.
Turnirda SO‘TЕAISM tarbiyalanuvchilari ham dona surmoqda. Jumladan, trenerlar Yusufboy Sodiqov va Dinara Alibekovaning shogirdlaridan G‘ayratbek Zaripov, Abdulaziz Ibragimov, Sultonhusayin Bobojonov, Shahzod Zoitovlar V-guruhida, Sohiba Ibragimova, Mahmudjon Bozorov, Nurmuhammad Sodiqov va Javohir Shavkatovlar esa S-guruhida iqtidorini namoyish etmoqda.
Shuningdek, musobaqada Xalqaro shaxmat akademiyasining sakkiz nafar xorazmlik shug‘ullanuvchisi - Behruz Bozorboyev, Behruz Jumaniyozov, Orifjon Baxtiyorov (uchalasi V-guruhi), Muslimabonu Ahmedova, Fazliddin Erkinov, Fazliddin Habibullayev Mehirbek Rahimboyev (hammasi S-guruhi) ham mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.