Toshkent shahrida yoshlar uchun yangi sport maydoni foydalanishga topshirildi
Chimli futbol maydonlari bir vaqtning o‘zida 300 nafargacha yoshga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tumani 2-sonli sport maktabi hududidagi tabiiy va sun’iy chimli futbol maydonlari foydalanishga topshirildi.
Mazkur loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilib, loyihaning umumiy qiymati 6,4 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etadi.
45×70 metrli tabiiy chimli hamda 40×60 metrli sun’iy chimli futbol maydonlari bir vaqtning o‘zida 300 nafargacha yoshga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Yangi sport inshootlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va futbolni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.